
Mayk Tayson:"U dunyoning eng yaxshi bokschisi"
Afsonaviy amerikalik bokschi Mayk Tayson Naoi Inouening navbatdagi g‘alabasidan (25-0, 22 KO) juda ta’sirlangan ko‘rinadi.
Fight Hype nashriga bergan intervyusida “Temir Mayk” yaponiyalik to‘rt divizion g‘olibini dunyodagi eng yaxshi bokschi deya atadi.
“Dunyodagi eng yaxshi jangchi kim? Men bu yaponiyalik jangchi ekanligiga ishonaman”, dedi Tayson.
Eslatib o‘tamiz, kecha Tokioda Inoue Marlon Tapalesni o‘ninchi raundda nokautga uchratgan edi.
Fikrlar