Ma’mur Saidqosimov: Turli qing‘ir ishlarga aralashgan hakamlar qat’iy ravishda jazolanadi

  • 10 aprel, 2019, 10:47
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mamlakatimizda malakali hakamlar sonini oshirish va ularning saviyasini muntazam ravishda oshirib borish maqsadida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Buning samarasi o‘laroq, o‘zbekistonlik hakamlar Jahon chempionati, Osiyo Kubogi, Osiyo chempionlar ligasi kabi ko‘plab xalqaro nufuzli musobaqalarda doimiy ravishda ishlab kelishmoqda.

Tecno

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Hakamlar va nazoratchilar departamenti direktori Ma’mur Saidqosimov malakali hakamlarni tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan hakamlar saviyasini oshirib borish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Har mavsum oldidan ular ishtirokida turli seminarlar tashkil etilib, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borilyapti.

Shu bilan birga hakamlar uchrashuvlarda halol ishlashlarini ta’minlash, kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etish, o‘yin davomida u yoki bu jamoaga ataylab yon bosish, natijaga ta’sir etish kabi yomon illatlardan uzoqda bo‘lishlarini ta’minlashga ham alohida ahamiyat qaratilmoqda.

Superliga va Pro-liga uchrashuvlarida qatnashayotgan hakamlar bilan doimiy ravishda ish olib borilyapti. Ularning har bir o‘yinlardagi harakatlari chuqur tahlil qilib boriladi. Bu borada O‘FAda maxsus Monitoring guruhi ishlayapti. Bu guruhdan malakali mutaxassislar joy olishgan. Ular har bir o‘yin videoyozuvini diqqat bilan o‘rganib chiqishadi. Har bir hakamning ishini tahlil qilishadi. Agar hakam harakatlari shubha uyg‘otsa, mazkur holat bo‘yicha tekshiruv olib boriladi.
Kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani aniqlangan, poraxo‘rlik kabi illatlarga berilgan, turli qing‘ir ishlarga aralashgani aniqlangan hakamlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishini ham ta’kidlab o‘tmoqchiman. Ular butun umrga futboldan chetlatiladi.

Shu sababli hakamlardan har xil “o‘yinlar”ga aralashmasdan, halol hakamlik qilishlarini, o‘z vazifalarini sidqidildan bajarishlarini so‘rab qolaman.

Biz yosh hakamlarni tayyorlash bo‘yicha ham katta hajmdagi ishlarni olib bormoqdamiz. Maqsad – malakali va yuqori saviyali hakamlarni ko‘paytirib borish. O‘zbekistonlik hakamlar butun dunyoda o‘z nufuziga, o‘ziga yarasha obro‘ga ega. Yosh hakamlar ham ana shu nufuzni yanada oshirishga harakat qilishlari zarur. Buning uchun esa turli qing‘irliklarga aralashmay, halol hakamlik qilib, o‘z ustilarida ko‘proq ishlab, xalqaro o‘yinlarda ishlashga intilishlari zarur.

Umid qilib qolamizki, olib borilayotgan chora-tadbirlar albatta o‘z samarasini berib, hakamlarimizning nufuzi yanada ortib boradi”, - deb Ma’mur Saidqosimovning so‘zlarini keltirib o‘tdi O‘FA rasmiy sayti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Sash
10/04/2019 11:59
Kelishilgan uyinni qaysi kamandaga yon bosishni uzlaring hakamga aytib tushirasilar. Muhlislarni ahmoq qilib nima qilasila. Uzbda hakamlarsiz fudbolni joriy qilish kerak. Shunda fudbolda rivojlanish buladi. Yosh bollani kuz yoshini uvoli tutadi sanlani, davlatdan olayotgan pullaring, ishlab topayotgan pullaring HAROM sanlaga.