"Mbappe baribir "Real"ga o‘tadi, bunga aminman!"

  • 12 noyabr, 2021, 18:08
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubi yulduzi Kilian Mbappe faoliyatini Madridning "Real"ida davom ettirishi borasida gap-so‘zlar yanada avj olmoqda.

Tecno

Parijliklar safida o‘ynagan Xese Rodriges sobiq jamoadoshi Mbappening "qirollik klubi"ga o‘tishi haqida fikr bildirdi: "PSJda o‘ynab yurgan paytlarimda Kilian bir kun kelib "Real"ga o‘tishini aytgandi. Bu bir, ikki yoki uch yildan keyin sodir bo‘lishi mumkin.

Vaziyat juda tez o‘zgarib ketishi mumkin. Hozir futbol olami shunday bo‘lib qolgan. Har kuni kutilmagan nimadir sodir bo‘lmoqda. Biroq Mbappe baribir "Real"ga o‘tadi, bunga aminman",-dedi 

Ma’lumot uchun, 22 yoshli hujumchining Parij klubi bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi. Uning transferi 160 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!