Mbappe bosim ostida qoldi
PSJ xo‘jayinlari Kilian Mbappeni jamoada saqlab qolmoqchi va hujumchi yangi bitimni tezroq imzolashi uchun unga bosim qila boshladi.
Marca nashrining xabar berishicha, bu klub mutasaddilarining so‘nggi urinishi hisoblanadi. Agar Mbappe qolishga ko‘nmasa, rahbariyat kelasi mavsumda uni o‘rnini bosadigan hujumchi qidirishni kuchaytiradi.
23 yoshli o‘yinchi poytaxt klubida 2017 yildan beri to‘p tepmoqda. Avvaligani uni ijarada o‘ynatgan parijliklar keyinchalik yosh to‘purarni olish uchun “Monako”ga 145 million evro to‘lagan.
Transfermarkt yozda erkin agentga aylanadigan futbolchini 160 million evroga baholamoqda.

Fikrlar