Mbappe bu jamoa uchun “Real”ga o‘tmaydi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappening shartnomasi yakuniga yaqinlashgani sari faoliyatini qaysi jamoada davom ettirishi haqidagi savollarga ko‘p duch kelmoqda. 23 yoshli to‘purarana shu mazmundagi savollarga javob berishiga to‘g‘ri keldi.
- Kelajagim haqida hali bir qarorga kelmaganimni hamma biladi. Bunga ko‘p sabab bor. Agar bir to‘xtamga kelsam, albatta, bu haqda ma’lum qilaman.
PSJda qolishim ehtimoli bormi? Albatta bor, - dedi Kilian Mbappe.
Parij klubi rahbariyati Chempionlar ligasidagi mag‘lubiyatdan so‘ng, loyihani yangilab, yosh futbolchilardan qudratli jamoa tuzmoqchi. Ular yangi tarkib Mbappe atrofida shakllantirilishini istayapti va bu yo‘lda Lionel Messi, Neymar, Serxio Ramos kabi yulduzlar bilan ham xayrlashishga tayyor.

Fikrlar