
Mbappe bu superklubga to‘g‘ri kelmaydi
Frantsiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Marsel Desayi Angliyaning amaldagi chempioni “Manchester Siti”ga mos tushmasligini ta’kidladi.
- Bu gapim juda g‘alati tuyulsa ham aytaman, Mbappe “Manchester Siti”ga to‘g‘ri kelmaydi. Chunki u jamoada tartib-intizom juda qattiq.
Biz frantsiyaliklar “Siti”ning o‘yin uslubi alohida yulduzlar uchun imkon qoldirmaydi, deb hisoblaymiz. Bu usul raqib himoyachlarini aldab o‘tishga qiziqadigan futbolchilarga unchalik tushmaydi.
Bernardu Silva va Jek Grilish 10-raqam pozitsiyasida o‘ynay olardi, lekin Xosep Gvardiolaning o‘yin falsafasi ularning bu qobiliyatini qurbon qildi. Pep o‘yinchilar bir-ikki to‘pga tekinishi bilan darrov pas uzatishini talab qiladi.
Kilian Mbappe bunday o‘ynamaydi. U vaziyatni o‘zgartirish uchun to‘pdan foydaladi. Kilian shunday o‘ynasa, “Siti” o‘yinchilari uni tushunmaydi. Mbappe top-o‘yinchi, lekin “Manchester Siti” uchun emas, - dedi Marsel Desayi.
Fikrlar