Mbappe bunday vaziyatga 3 yil oldin tushgan edi

  • 17.01.2021 12:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ kecha Frantsiya chempionatining 20-turida "Anje"ni 1:0 hisobida engdi va peshqadamga aylanib oldi.

E’tiborlisi, parijliklar forvardi Kilian Mbappe bu safar ham maydonni golsiz tark etdi. 22 yoshli frantsuz ketma-ket 4 ta o‘yindan buyon gol ura olmayapti.

Mbappe so‘nggi bor bunday holatga 2018 yilning aprel-may oylarida tushgan. O‘shanda ham, u qatorasiga 4 ta bahsni golsiz o‘tkazgan.

Ammo shunga qaramasdan, Kilian hozirda Frantsiya chempionatining eng yaxshi to‘purari hisoblanadi. Uning hisobida 12 ta gol mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!