
Mbappe charchadi
Kilian Mbappening PSJda xotirjamligi yo‘qoldi. 24 yoshli hujumchi o‘tgan yili yozda klub bilan yangi shartnoma imzolaganidan keyin ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Le Parisien nashrining yozishicha, Mbappe o‘zini klub loyihasidan ustun qo‘yayotganlikda ayblashlaridan charchagan.
Manbaning ta’kidlashicha, Kilian o‘zini jamoada asosiy figura, deb hisoblamaydi va jamoadan ustun emasligini yaxshi biladi.
Avvalroq, Kilian Mbappe sadoqati uchun klubdan har mavsum 60 million evro olishi haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yarmigacha tuzilgan. Mbappe yozda “Real”ga o‘tib ketishi mumkinligi haqidagi xabarlar tobora ko‘payib bormoqda.
Fikrlar