Mbappe fanatlarga katta va’da berib yubordi. Bu “Real”ga yoqmasligi aniq!

  • 20 avgust, 2023, 22:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ va Kilian Mbappe o‘rtasidagi ziddiyat barham topib, 24 yoshli hujumchi jamoa o‘yinlariga jalb qilindi.

Tecno

Mbappe ikkinchi tur uchrashuvida penaltidan “Tuluza” darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasining bir ochko olishiga ko‘maklashdi.

Kilian gol urganidan keyin PSJ fanatlari yoniga borib, ularga “Jamoada qolaman!”, deb va’da berdi.

Ma’lumki, Mbappe 2024 yilning yozida Parijni tark etib, “Real”ga ko‘chib o‘tishini aytgandi. Shundan keyin klub xo‘jayinlari bilan ziddiyat kelib chiqdi.

Keyinroq, frantsiyalik futbolchi jamoada qolib, klubning shartnoma muddatini uzaytirish bo‘yicha talabini qabul qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!