Mbappe Frantsiya chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi

  • 08.05.2020 00:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

PSJ forvardi Kilian Mbappe Frantsiya chempionatining joriy mavsumdagi eng yaxshi to‘purar, deb topildi. Bu haqda L'Equipe nashri xabar tarqatmoqda.

Bu mavsum Mbappe va "Monako" forvardi Vissam Ben Yedder 18 tadan gol bilan to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilayotgan edi. Ammo, Ben Yedder gollarning 3 tasini penaltidan urgani bois, Mbappe to‘purar, deb topildi.

Liga 1 muddatidan avval yakunlangach, parijliklar chempionligi e’lon qilingandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!