
Mbappe: "Hammasi jonimga tegdi"
Frantsiyalik hujumchi Kilian Mbappe PSJdagi vaziyatdan to‘ygani aytilmoqda.
"AS" nashri bergan xabarga Kilianning terma jamoadagi sherigi Pol Pogba Parij klubidagi vaziyat haqida undan so‘ragan. U kameralardan qochib, kiyinish xonasida so‘nggi voqealardan to‘ygani borasida gapirdi.
Eslatib o‘tamiz, Mbappening parijliklar bilan amaldagi shartnomasi shu yilning yozida yakuniga etadi.
Joriy mavsumda 23 yoshli futbolchi Liga 1 turniri doirasida 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 26 ta gol hamda 17 ta assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar