Mbappe jarohat oldi

  • 03.06.2019 10:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Frantsiya terma jamoasi forvardi Kilian Mbappe kecha Boliviyaga (2:0) qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida jarohat oldi.

O‘yinning birinchi bo‘limida raqib jamoaning ikki futbolchisi Mbappening chap oyog‘iga zarba berdi. Futblochi shifokorlar yordamidan so‘ng yana maydonga qaytdi. Biroq, oradan ko‘p o‘tmay baribir u uchrashuvni davom ettirolmasligi oydinlashdi. Uning o‘rniga 46-daqiqada Vissam Ben-Yedder o‘yinga qo‘shildi.

Eslatib o‘tamiz, Frantsiyani oldinda 8 iyun kuni Turkiyaga qarshi va 11 iyun kuni Andorraga qarshi o‘yinlar kutib turibdi. Har ikkala bahs ham Evro-2020 saralashi doirasidan o‘rin olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!