Mbappe katta rekord ostonasida turibdi

  • 23 aprel, 2023, 09:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Pari Sen-Jermen” hujumchisi Kilian Mbappe Frantsiya chempionatlari tarixiga o‘z nomini yana bir rekord bilan yozdirib qo‘ysh imkoniga ega bo‘ldi.

Tecno

Milliy chempionatning navbatdagi turida 24 yoshli hujumchi “Anje” darvozasini ikki marotaba ishg‘ol qilib, jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.

Ushbu dubl orqali Mbappe Frantsiya chempionatidagi samaralari harakatlari sonini 214 taga etkazdi. Kilian ligada 157 ta gol va 57 ta assist qayd etdi va umumiy samarali harakatlar soni bo‘yicha XXI asrda yakka peshqadam bo‘lib turgan Dimitri Payega etib oldi.

Keyingi gol yoki assist Mbappeni yaqqol rekordchiga aylantiradi.  Bu haqda statistika bilan shug‘ullanuvchi Opta kompaniyasi xabar berdi.

Eslatib o‘tish lozimki, Frantsiya chempionatidagi debyutini 2005 yili nishonlagan Dimitri Paye “Nant”, “Sent-Eten”, “Lill” va hozirgi jamoasi “Marsel” safida 489 ta uchrashuvda 214 ta samarali harakatni amalga oshirgan. “Monako” va PSJ hujumchisi bo‘lgan Mbappe uchun bu natijani takrorlash uchun 210 ta o‘yin kifoya qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!