Mbappe “katta xo‘jayin” bo‘lmoqchi

  • 03.11.2022 19:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Futbol mutaxassislari Kilian Mbappeni qo‘lga kiritmoqchi bo‘layotgan klublar frantsiyalik futbolchining talablarini bajarishga tayyorlanishlari kerakligidan ogohlantirmoqda.

Manbalarda keltirilishicha, 23 yoshli Mbappe PSJda futbolchi-menejer vazifasiga ko‘nikib qolgan va boradigan jamoasida ham o‘ziga katta vakolatlar berilishini talab qiladi. Birinchi navbatda, Kilian klubning transfer siyosatida hal qiluvchi ovozga ega bo‘lmoqchi.

Bundan tashqari, yangi yulduz tarkibda kim qolishi va qaysi futbolchilar bilan xayrlashish kerakligini ham o‘zi belgilashni xush ko‘radi. Bir so‘z bilan aytganda, Mbappe xuddi Lionel Messi “Barselona”da qanday vakolatlarga ega bo‘lgan bo‘lsa, o‘ziga nisbatan shunday munosabatni talab qilyapti.

Ingliz mutaxassislari Mbappega Angliya premer-ligasida asosan “Manchester Siti”, “Liverpul” va “Chelsi” qiziqayotganini ta’kidlamoqda. Hujumchining minimal maoshi yiliga 60 million evroni tashkil qilishi mumkin. Hozir, PSJ unga bu summadan ancha ko‘p maosh beryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!