Mbappe ketsa, PSJga undan ko‘p gol urayotgan forvard keladi
PSJ rahbariyati asosiy to‘purar Kilian Mbappeni klub bilan shartnomani uzaytirishga ko‘ndira olmayapti.
24 yoshli hujumchi yozda erkin agent sifatida “Real”ga o‘tishi kutilyapti. Parijliklar hozirdan uning o‘rnini egallaydigan hujumchi qidiryapti.
PSJ mutasaddilari Mbappe ketgan taqdirda, uning o‘rniga “Manchester Siti” to‘purari Erling Xolandni olib kelishni rejalashtirmoqda.
El Chiringuito nashrining yozishicha, Frantsiya chempionlari norvegiyalik hujumchining agenti Rafaele Pimentaga bog‘lanib, transfer ma’lumotlarini so‘ragan.
Mutaxassislar PSJ xo‘jayinlari sepurhujumchiga ega bo‘lish uchun 200 million evrodan voz kechishga tayyorligini ta’kidlamoqda.

Fikrlar