Mbappe marokashlik futbolchining PSJga o‘tishiga ruxsat berdi

  • 29 dekabr, 2022, 09:53
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Fiorentina" yarim himoyachisi Sofyan Amrabat Frantsiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin. 

Tecno

"Tuttomercatoweb" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "Pari Sen-Jermen" uni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Jamoa libosida to‘p tepayotgan Ashraf Hakimi hamyurtining Parijga kelishini qo‘llab-quvvatlamoqda. O‘z navbatida, klub yulduzi Kilian Mbappe ham ushbu transferga roziligini bildirgan.

Marokashlik futbolchi uchun kurashda "Tottenxem" va "Liverpul" parijliklarning raqibi hisoblanadi. "Fiorentina" Amrabat uchun kamida 30 million evro ishlab olishni rejalashtirgan.

26 yoshli Sofyan joriy mavsum florensiyaliklar tarkibida 20 uchrashuvda maydonga tushdi. Shuningdek, u Marokash terma jamoasi bilan Jahon chempionati yarim finaliga qadar etib kelishni uddaladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!