Mbappe: "Men "Real"da muvaffaqiyatga erishaman"

  • 9 dekabr, 2024, 12:45
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Real Madrid" futbolchisi Kilian Mbappe Fransiyaning Canal+ telekanaliga katta intervyu berdi.

"Bu mavsumning boshlanishi biz kutgandek emas, lekin biz ahamiyatli sovrinlarni yutishga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Biz allaqachon Evropa Superkubogini qo‘lga kiritdik. Vaziyat biz kutganimizdan boshqacharoq, lekin "Real" mavsumning ikkinchi qismida o‘zini ko‘rsatadi. Odamlar bizni shundan keyin baholashadi.

Agar sen yulduz bo‘lsang, sen jim tursang ham, boshqalar sen haqingda gapiradi. Shu sabab bugun o‘zim gapiryapman. Har kuni biror voqea sodir bo‘lyapti, garchi men intervyu bermagan bo‘lsam ham. Men bu haqda hech narsa demaganman. Bu, ehtimol, Kilian haqida gapirilishi shart bo‘lgan narsadek tuyuladi.

Men ilk bor Fransiyani tark etdim. Endi men u erda emasman. Siz uchun yangi muhit, yangi klub, yangi iqlim ochiladi. Har bir narsani yangi his-tuyg‘ular bilan qabul qilasiz. Bu ko‘proq kuzatuvga o‘xshaydi. Men bu erda muvaffaqiyatga erishaman",-dedi 25 yoshli hujumchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Bilolbek Imomov
09/12/2024 13:48
Bu bola hali o'zini ko'rsatadi.