Mbappe Messi bilan munosabati haqida gapirdi

  • 7 fevral, 2022, 17:22
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Frantsiya chempionatidan o‘rin olgan "Lill"ga (5:1) qarshi o‘yindan so‘ng Messi bilan munosabati haqida gapirdi. 

- Leo markazda o‘ynasa yaxshi bo‘ladimi?

"Ha, lekin men murabbiy emasman. Leo to‘p bilan ko‘proq harakatlanishi va o‘yinni his qilishi lozim, men esa hamma joyda o‘ynay olaman. Boshida hujum markazida o‘ynay boshladim. So‘ngra o‘ng va chap qanotda to‘p tepdim. 

Hozir o‘z ustimizda ishlashda davom etyapmiz, lekin Neymar qaytganidan so‘ng unga joy bo‘shatishimiz kerak. U jamoamizning o‘yinini o‘zgartiradigan darajada muhim futbolchi. Keling, u qaytganida nima bo‘lishini ko‘ramiz. Bu hodisa imkon qadar tez sodir bo‘lishiga umid qilaman", - dedi Mbappe.   

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!