
Mbappe Messidan o‘tib ketdi
Chempionlar ligasi guruh bosqichi 6-turida PSJ hujumchisi Kilian Mbappe "Istanbul" darvozasini ikki bor ishg‘ol qildi.
O‘yinning 42-daqiqasida frantsiyalik forvard penaltidan gol kiritdi va EChLdagi gollari sonini 20 taga etkazib oldi.
Kechagi oqshomda 21 yosh va 11 oyli bo‘lgan Mbappe turnirda ushbu natijaga erishgan eng yosh futbolchiga aylanib oldi. Bu vaqtgacha rekord "Barselona" hujumchisi Lionel Messiga (22 yosh, 8 oyli) tegishli edi.
Shuningdek, Mbappe parijliklar safidagi gollari sonini 100 taga etkazib oldi.
Fikrlar