Mbappe Messini “taxt”dan ag‘dara olmadi

  • 01.10.2025 09:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” hujumchisi Klian Mbappe Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining ikkinchi turida Qozog‘istonda mahalliy chempion “Qayrat”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvni unutmaydigan bo‘ldi.

O‘yinda xet-trik qayd etgan futbolchi “ko‘xna qit’a”ning eng nufuzli musobaqasida o‘rgan gollari sonini 60 taga etkazib oldi va jamoasining 5:0 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.

Mbappe Chempionlar ligasida 60 ta gol urgan ikkinchi yosh o‘yinchi bo‘ldi. Shu kuni madridliklar yulduzi 26 yoshu 284 kunlik edi. Shunga qaramay,  Kilian PSJda o‘zi bilan birga o‘ynagan Lionel Messining rekordini yangilay olmadi.

Argetinalik futbolchi Evropada o‘ynab yurgan kezlari 26 yoshu 86 kunligida Chempionlar ligasidagi 60-golini urishga erishgan.

Taqqoslash uchun shuni inobatga olish kerakki, jahon futbolining eng zo‘r to‘purari Krishtianu Ronaldu Evropa Chempionlar ligasida oltmishni golni 19 yoshu 21 kunligida, Raul Gonsales 30 yoshu 237 kunligida, Robert Levandovski 31 yoshu 97 kunligida kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!