
Mbappe nimadan hijolat bo‘lyapti?
PSJ forvardi Kilian Mbappe joriy mavsum Frantsiya chempionati to‘purari bo‘lgach, bu borada o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Liga 1 da Mbappe va “Monako” hujumchisi Vissam Ben-Yedder 18 tadan gol urib, to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilishayotgan edi. Ammo, Ben-Yedder gollarning 3 tasini penaltidan urgani bois, to‘purarlik Kilianga berildi.
“Xushxabar uchun barchaga rahmat. Menimcha, Vissam Ben-Yedder ham ushbu mukofotga munosib. Buni APLning o‘tgan mavsumida bo‘lganidek qilish mumkin edi”, - deydi Mbappe.
Aytish kerakki, o‘tgan mavsum premer-ligada naqd 3 ta futbolchi to‘purar deb topilgan edi.
Fikrlar