
Mbappe “Oltin to‘p”ni “Real”ga o‘tmasdan ham qo‘lga kirita olishiga ishonadi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe agar yozda “Real”ga o‘tganida, “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish imkoniyati ko‘p bo‘lishi haqida gapirdi.
“PSJ bilan shartnomamni yangilaganimda “Oltin to‘p” haqida o‘yladimmi? Albatta. Ha, “Real” Madrid "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishimda katta yordam beradi, buni tan olish kerak. Biroq bu jamoaviy emas, balki individual mukofot. Sovrinni maydonda ko‘rsatgan o‘yinlaring evaziga berishadi. Bir kun kelib PSJ bilan ham mazkur mukofotni qo‘lga kirita olishimga ishonchim komil”, - dedi Mbappe “France Football” nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, yozda hujumchi Madrid klubiga o‘tishdan bosh tortgan va parijliklar bilan yangi shartnoma imzolagan edi.
Fikrlar