Mbappe Peres bilan suhbat chog‘ida o‘z istagini oshkor qilgan

  • 7 yanvar, 2024, 19:19
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real"ning Mbappega yuborgan taklifi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi. 

"The Athletic" nashri xabariga ko‘ra, 2022 yilda Madridning "Real" klubi Mbappega 26 million evro maosh va 130 million evro shartnoma imzolagani uchun bonus taklif qilgan.

Qayd etilishicha, Mbappega taklif qilingan summa kamaytirilganiga qaramay, frantsiyalik futbolchi klub taklifini qabul qilsa, "qirollik klubi"ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanadi. Madrid jamoasi Kilianni qo‘lga kiritish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqchi. 

Mbappe yaqin orada kelajagi borasida bir qarorga kelishi kerak. Avvalroq, PSJ hujumchisi buni Chempionlar ligasi pley-off bosqichi boshlanishidan avval amalga oshirishni istayotgani haqida xabar bergandi. Florentino Peres bilan shaxsiy suhbatlarda futbolchi bir necha bor "Real"da o‘ynash istagini bildirgan. 




Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!