Mbappe PSJ rahbariyatiga katta ayblov qo‘ydi

  • 12 oktabr, 2022, 09:00
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Le Parisien" nashri xabariga ko‘ra, PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Frantsiya chempionatining joriy mavsumidagi ilk o‘yin oldidan frantsuz grandi rahbariyatini aldagan.

Tecno

Qayd etilishicha, hujumchi "Klermon"ga qarshi bahsni jarohat tufayli emas, balki Nosir Al-Xelayfi bilan kelishmovchilik sabab qatnashmagan. Mbappening fikricha, PSJning qatarlik egalari uni aldagan. Ta’kidlanishicha, rahbariyat may oyida shartnomani muhokama qilish paytida bergan va’dalarini hech qaysini bajarmagan.

Eslatib o‘tamiz, bugun Kilianning klubini o‘zgartirish istagi haqida juda ko‘p ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Futbolchi “Real Madrid”ga o‘tishi mumkinligi borasida xabarlar bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!