Mbappe PSJ rahbarlariga shart qo‘ydi

  • 07.09.2020 10:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJning eng yorqin yulduzlaridan Kilian Mbappe klub o‘z tarixida ilk marotaba Chempionlar ligasida g‘olib chiqishi uchun yangi futbolchilarni sotib olish shartligini bildirdi.

- Albatta men Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishimizga ishonaman. Agar biz o‘zimizga ishonmasak, hech kim bizga ishonmaydi. Ko‘p jamoalar finalda mag‘lub bo‘lganidan keyin, kelasi yili shu turnirda zafar quchgan. PSJ ham finalga chiqish darajasida o‘sishga erishdi. Ilgari chorak finaldan ortga qaytardik. Endi rahbariyati yangi futbolchilarni sotib olishi shart. Agar safiga zo‘r futbolchilar qo‘shilsa, ko‘proq g‘alabaga erishamiz, - dedi Kilian Mbappe.

PSJ Chempionlar ligasi finalida tarkib jihatidan ancha kuchli bo‘lgan “Bavariya”ga yutqazib qo‘ygandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!