
Mbappe PSJ taklifidan shokka tushdi. Bunaqasi “Real”ning qo‘lidan kelmaydi!
PSJ xo‘jayinlarining Kilian Mbappeni olib qolish uchun so‘nggi taklifi 23 yoshli hujumchini jiddiy o‘ylantirib qo‘ydi.
Espanol.eurosport.com nashrining xabar berishicha, parijliklar o‘z to‘purariga shartnoma imzolagan taqdirda 300 million evro bonus va yiliga 100 million evro maosh to‘lashni va’da qilmoqda.
Bu summa “Real”ning taklifidan 2-3 baravar ko‘pdir.
Manbaning ta’kidlashicha, Mbappe va uning oilasi “Real” va PSJ takliflarini qabul qilib olgan va hozirda muzokaralar to‘xtatilgan. Bu haqda futbolchining onasi Fayza Lamari xabar berdi.
Gap Kilian Mbappening o‘zida qoldi. U tez orada qaysi jamoani tanlaganini ma’lum qilishi kerak.
Fikrlar