Mbappe PSJ va “Real”ga muhim xabarni aytadi

  • 26.01.2022 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe kelajagi haqida yakuniy qarorga keldi. Biroq, 23 yoshli futbolchi qanday qarorga kelganini sir saqlashni ma’qul ko‘rmoqda.

Get French Football News nashrining ma’lum qilishicha, Mbappe hal qiluvchi qarorini Chempionlar ligasining nimchorak finalidan so‘ng ma’lum qiladi. Ma’lumki, bu bosqichda PSJ va “Real” o‘zaro to‘qnash keladi.

Parijliklarning asosiy to‘purariga aylangan yosh futbolchining amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. PSJ uni erkin agent sifatida ketib qolmasligi uchun qisqa muddatli – ikki yillik shartnoma, 80 million evro maosh va 2023 yilning yozida boshqa jamoaga o‘tish huquqini taklif qilyapti.

Ish qayoqqa qarab ketayotganigani ko‘rib turgan “Real” mutasaddilari agar Mbappe yozda erkin agent maqomini olib, Madridga kelmasa, uning transferida voz kechilishini ma’lum qildi.

Mbappe joriy mavsumda 28 ta uchrashuvda 19 ta gol va 13 ta assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!