Mbappe PSJda qoladimi? Donnaruma javob berdi

  • 27 avgust, 2023, 17:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Janluiji Donnarumma Kilian Mbappening PSJda qolishiga ishonmoqda. 

Parijliklar darvozaboni Liga 1 doirasida "Lens" taslim etilganidan so‘ng bu haqda gapirdi. 

- Kilian bilan birga to‘p tepish juda yoqimli, bu fantastika

- U PSJda qoladimi? 

- Ha, bu aniq. 

Eslatib o‘tamiz, iyun oyi boshida Mbappe PSJga yana bir yil klubda to‘p tepish niyatida ekanligi, ammo shartnomani uzaytirmasligini aytgandi. Parijliklar uni transferga qo‘ydi va umumiy guruh mashg‘ulotlaridan chetlashtirdi. Keyinchalik tomonlar mojaroni hal qildi, Kilian tarkibga qaytdi va kelishuvni uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!