Mbappe qaerda o‘ynashi oshkor bo‘ldi
Sayyoramizning eng qimmat futbolchisi hisoblangan Kilian Mbappe PSJdan “Real”ga o‘tishga og‘zaki rozilik berdi, - deb xabar bermoqda italiyalik jurnalist Fabritsio Romano.
Uning aytishicha, hamkorlikni tasdiqlovchi hujjatlari hali imzolangani yo‘q. “Real” vakillari frantsiyalik hujumchiga yiliga 50 million evro maosh bilan uzoq muddatli bitim taklif qilgan.
PSJ esa asosiy yulduzini ushlab qolish uchun ikki yillik shartnoma, mana shu davrga belgilangan 100 million evro maosh va yana 100 million evro miqdorida sodiqlik bonusi va’da qilmoqda.
Mbappe joriy mavsumda parijliklar tarkibida 24 ta gol urib, 13 ta assistni amalga oshirdi. U 30 iyun kuni erkin agentga aylanadi.

Fikrlar