Mbappe qilmishidan afsusda

  • 29.07.2023 06:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kilian Mbappe "Real"ni tushkunlikka tushirganini his qilmoqda.

2022 yilda frantsiyalik hujumchi "Real"ga o‘tishni rad etgan va PSJ bilan shartnomasini uzaytirgan. 

Bu yil Kilian Mbappening Madrid klubiga o‘tishi borasidagi munozaralar qayta boshlandi. Qayd etilishicha, parijliklar futbolchining transferi uchun 250 million evro talab qilmoqda.

"Marca" xabariga ko‘ra, Mbappe bir yil oldin "Real Madrid" oldida ishonchini yo‘qotganini va klubni tushkunlikka tushirganini biladi.

2022 yilning may oyida u PSJ bilan shartnomasini uzaytirgandi. Qayd etilishicha, bitim imzolangandan olti hafta o‘tgach, futbolchi “Real”ga qilmishidan afsusda ekanligini aytgan.


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!