
Mbappe "Real" bilan maosh borasida kelishib oldi
Yozgi transferlar oynasining eng katta voqeliklaridan biri bu Kilian Mbappening "Real"ga o‘tishidir. Ancha yillardan keyin frantsiyalik hujumchi Madrid tomon yo‘l olmoqda.
Insayder Fabritsio Romano xabar berishicha, tomonlar maosh borasida kelishib olishdi. Kilian Vinisius Junior va Jud Bellingemdan ko‘proq oylik olmaydigan bo‘ldi. Shuningdek, bu madridliklarning 2021 yildagi taklifidan ham kamroq.
Tez orada PSJ ham Mbappeni jamoani yozda tark etishini e’lon qilishi mumkin. Ayni paytda esa bor e’tibor Chempionlar ligasi chorak finalidan o‘rin olgan "Barselona"ga qarshi to‘qnashuvga qaratilgan.
Fikrlar