Mbappe “Real”ni “ovutdi”!

  • 23.05.2022 20:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ bilan shartnoma imzolab, “Real”ga o‘tishdan bosh tortgan Kilian Mbappe Madrid klubi prezidenti Florentino Peres va muxlislariga murojaat qildi.

- Men “Real” va ushbu klub prezidenti Florentino Peresga chin dildan minnatdorlik bildiraman. Shunday klubning meni olishni istagani omadim, deb bilaman. Sizning holatingizni tushunaman.

Men Chempionlar ligasi finalida sizning asosiy muxlisingiz bo‘laman. Final mening uyimda – Parijda o‘tkaziladi.

O‘zim Frantsiyada qolib, rivojlanishni istayman, men shu erda tug‘ildim va o‘sdim, o‘zimni namoyon qila oldim. Bu erda qolishim orzularimni amalga oshirish imkonini beradi, - dedi Kilian Mbappe.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!