Mbappe shaxsiy rekordini yangiladi

  • 17 may, 2021, 15:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe joriy mavsum barcha musobaqalarda o‘z hisobiga 40 ta gol yozdirib qo‘ydi.

Tecno

Kecha Frantsiya chempionatining 37-turidan o‘rin olgan "Reyms"ga (4:0) qarshi o‘yinda kiritilgan gol 22 yoshli frantsiyalik futbolchi uchun mavsumdagi 40-gol bo‘ldi. Opta nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Mbappe shu tariqa o‘zining bir mavsumda eng ko‘p gol urish bo‘yicha 2018/19 yilgi mavsumda (39) o‘rnatgan shaxsiy rekordini yangiladi.

Mbappe joriy mavsumdagi 40 ta golning 26 tasini Frantsiya chempionatida, 6 tasini Frantsiya kubogida va 8 tasini Chempionlar ligasida kiritdi.

PSJ 37 turdan so‘ng Liga 1 musobaqa jadvalida 79 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. Parij grandi peshqadam “Lill”dan (80) 1 ochko ortda qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!