
Mbappe tekinga keladi, Xolandni olish esa imkonsiz!
“Real” rahbariyati bir yildan keyin Kilian Mbappeni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.
Relevo nashrining ta’kidlashicha, klub prezidenti Florentino Peres 24 yoshli hujumchining uzrini qabul qilgan va u bilan hamkorlik qilishga tayyor. Mbappe o‘tgan yili yozda madridliklarni kuttirib, oxirida PSJda qolishini e’lon qilganidan keyin munosabatlar buzilgan edi. Shundan keyin Kilian Florentino Peresdan uzr so‘ragan.
“Qirollik klubi” yozda Mbappe uchun mablag‘ sarflamasdan, bir yildan keyin erkin agent sifatida uni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Shuningdek, madridliklar nishonida “Manchester Siti” to‘purari Erling Xoland ham bor. Mutaxassislar bu transfer deyarli imkonsiz ekanini ta’kidlamoqda.
Florentino Peres “Real” hujum uchligida Vinisius Junior, Rodrigo va Kilian Mbappe o‘ynashini istayapti.
Fikrlar