
Mbappe va bir necha yulduzlar Anchelottidan qutilmoqchi. Harakat boshlandi!
“Real” Ispaniya chempionatida “Barselona”ga 0:4, Evropa Chempionlar ligasiga “Milan”ga 1:3 hisobida yutqazgani jamoada katta o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkin.
O‘z maydonidagi bu mag‘lubiyatlardan keyin Karlo Anchelotti futbolchilarni nazoratga olishni uddalay olmayapti.
El Gol Digital nashrining ma’lum qilishicha, bir necha mashhur o‘yinchilar Karlo Anchelottining bosh murabbiylikdan olinishini so‘ramoqda. Kilian Mbappe, Federiko Valverde, Ferlan Mendi, Orelen Tchuameni va Eduardu Kamavinga italiyalik mutaxassisning iste’fosi tarafdori.
Vinisius Junior Anchelotti “Real”dagi ishini davom ettirishini, agar ketadigan bo‘lsa, Braziliya terma jamoasini boshqarishini istayapti.
So‘nggi kunlarda “Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres “Bayer”ni boshqarayotgan Xabi Alonsoni “Real”ni qabul qilib olishga ko‘ndirgani haqida ko‘p ma’lumot chiqyapti. Demak, “Real”da o‘zgarish bo‘lib qolishi mumkin.
Fikrlar