Mbappe va boshqalar "Oltin to‘p"ning yaqin kelajakdagi vorislarimi?

  • 24 aprel, 2020, 00:09
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Individual sovrinlar orasida eng nufuzlisi hisoblanadigan «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishni istamagan futbolchini kunduzi chiroq yoqib ham topib bo‘lmasa kerak. O‘z navbatida quyidagi materialda yosh iste’dod egalari orasida yaqin kelajakda «Oltin to‘p»ga da’vogarlik qila oladiganlari haqida so‘z boradi.

Tecno

Kilian Mbappe

Shak-shubhasiz, eng munosib nomzod. Bejizga Kilian Mbappeni Lionel Messi va Krishtianu Ronalduning vorisi sifatida e’tirof qilmaydilar. Chunki unda megayulduz darajasiga ko‘tarilish uchun hamma narsa bor. Boz ustiga frantsiyalik  yosh iqtidor egasi shundoq ham oxirgi yillarda katta o‘sishga erishib, jamoaviy va individual sovrinlardan anchasini kollektsiyasiga qo‘shib qo‘ya oldi. Aytish mumkin bo‘lsa, o‘sha kollektsiyaga endi «Oltin to‘p» etishmayapti xolos. Darvoqe, u yoshligida Ronalduning muxlisi bo‘lganligini ham ta’kidlash joiz.

mbappe

Martin Edegor

Endilikda Edegor La Ligada «Real Sosedad» uchun maydonga tushgan holda chindan ham iqtidorli ekanligini isbotlab bermoqda. Aytishlaricha, madridliklar joriy mavsum nihoyasiga etganidan keyin uni san-sebastyanliklardan qaytarib olmoqchilar. Boz ustiga Martinning transfer huquqi hamon «Real»ga tegishli. Agar u poytaxt superklubida ham zo‘r o‘ynab keta olsa, bemalol «Oltin to‘p»ga da’vogarlik qilishi mumkin.

edegor

Federiko Valverde

Urugvaylik 21 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumning haqiqiy kashfiyotlaridan biri bo‘ldi, deyish uchun asoslar etarli. Nega deganda, Federiko Valverde Zinedin Zidanga «Real»ning boshlang‘ich tarkibida to‘p surishga munosib ekanligini isbotlab bera oldi. Agar janubiy amerikalik yosh iste’dod egasi bundan keyin ham mahoratini charxlab shu ruhda davom etadigan bo‘lsa, bemalol individual sovrinlarning eng nufuzlisi sifatida tilga olinadigan «Oltin to‘p»ga da’vogarlik qilishi mumkin.

valverde

Frenki de Yong

Niderland futboli har doim zo‘r o‘yinchilari bilan faxrlanib kelgan. Bugungi avlod vakillari orasida ham kelajagi porloq yoshlar talaygina topiladi. Mana shunday istiqbolli o‘yinchilardan biri Frenki de Yongdir. Bekorga uni «Barselona» rahbariyati katta pul evaziga sotib olmagan. E’tiborlisi, o‘tgan mavsum «Ayaks» tarkibida porlagan va klubning chempionlar ligasida yarim finalgacha etib kelishida asosiy rollardan birini ijro etgan de Yong «Barsa»da ham o‘z o‘rnini topa oldi. Shuning evaziga o‘tgan mavsum yakuniga ko‘ra Frenkini ham «Oltin to‘p-2019» da’vogarlari safiga joylashtirgandilar. Bilasiz, o‘sha so‘rovda niderlandiyalik futbolchi 11-o‘rin bilan kifoyalangan bo‘lsa, bosh sovrin uning klubdoshi Lionel Messiga nasib etgandi. Muhimi, «Lolalar yurti» vakili hali ancha yosh va unda «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish uchun etarlicha vaqt bor. Eng qizig‘i, 22 yoshli bu ijrochi o‘zini individual sovrinlardan ko‘ra jamoaviy yutuqlar ko‘proq qiziqtirishini aytib keladi.

de yonng

Erling Xoland

Norvegiyalik bu hujumchi haqida batafsil to‘xtalish shart bo‘lmasa kerak. Zero, shundoq ham joriy mavsum davomida Erling Xoland haqida yozilmagan, uning gollari muhrlangan videolavhalarni namoyish etilmagan OAV qolmadi hisob. Ayniqsa, 19 yoshli futbolchi «Zaltsburg»dan Dortmundning «Borussiya» klubiga ko‘chib o‘tganidan so‘ng yangi ish joyida juda zo‘r start oldi va bundesligada bir qancha rekordlarni o‘rnatdi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, Xolandning bundan keyin ham «Qovog‘arilar» safida ko‘proq ushlanib qolishiga hech kim ishonmayapti. Negaki, hujumchini qo‘lga kiritish uchun qit’adagi manaman degan grandlar allaqachon o‘zaro bahslashishni boshlab yuborganlar. Albatta, aksar ishqibozlar bu hujumchi o‘z vaqtida Roy Kinning oyog‘ini sindirgan Alf-Inge Xolandning o‘g‘li hisoblanishini bilsalar kerak. Eslatish kerakki, keyinchalik Kin katta Xolanddan ayovsiz ravishda qasos olgani bois u katta futboldan ketishga majbur bo‘lgan.

xoland

Joau Felish

Portugaliyalik futbolchilar orasida eng qimmati sanaladigan Joau Felish bunday maqomga munosib ekanligini isbotlab kelmoqda. Bilasiz, o‘tgan mavsum «Benfika»dagi debyut mavsumida barchani o‘zi haqida gapirishga majbur qila olgan Joau Felishni «Atletiko» rahbariyati 126 million evro (!) to‘lash evaziga sotib olgan. To‘g‘ri, yosh iqtidor egasining yangi klubdagi ishlari dastlab silliq kechmadi va buning uchun unga ma’lum vaqt kerak bo‘ldi. Felish «Matraschilar» jamoasining boshlang‘ich tarkibidan muqim joy olishga muvaffaq bo‘lgan mahalda esa koronavirus bilan bog‘liq muammo boshlanib ketdi... Nima bo‘lgan taqdirda ham ekspertlar Ronalduning vorisi sifatida tilga olinayotgan ushbu ijrochining yaqin bir necha yil ichida bemalol «Oltin to‘p» uchun kurasha olishiga  shubha qilmayaptilar. Soha mutaxassislari esa bilmasa gapirmaydilar.

felish

Kristian Pulishich

Amerikalik futbolchilar orasida birortasi «Oltin to‘p»ga yaqqol da’vogarlik qila olmaganini hamma yaxshi bilsa kerak. Biroq yaqin yillar ichida Kristian Pulishich bemalol mana shunday bo‘shliq o‘rnini to‘ldira olishi mumkin. Qolaversa, «Chelsi» mutasaddilari bekorga uni «Borussiya» (D)dan sotib olish uchun 65 million evro to‘lashga rozi bo‘lmaganlar. E’tiborlisi, Pulishich hali 22 yoshga ham to‘lmagan, ammo u klub va terma jamoa miqyosida allaqachon asosiy tarkibdan joy olishga muvaffaq bo‘lgan. Bunaqasi har doim kuzatilavermaydi, to‘g‘rimi?

pulishich

Rodrigo Ernandes

«Atletiko» akademiyasida tarbiyalangan va muxlislar «Rodri» deb chaqirishni yoqtiradigan ushbu futbolchining ham istiqboli porloq ekanligiga hech kimda shubha yo‘q. Aks holda Pep Gvardioladek mashhur murabbiyning o‘zi «Siti» tepasida turganlardan uni sotib olish kerakligini so‘ramagan bo‘lardi. To‘g‘ri, Rodrigo Ernandes xuddi Kilian Mbappe yo Joau Felish kabi hamma taniydigan futbolchiga aylanishga ulgurganicha yo‘q. Ammo uning iqtidor masalasida ulardan aslo qolishmasligiga hech qanday shubha yo‘q.

rodrigo

Fabian Ruis

«Betis» akademiyasida tarbiyalangan ispaniyalik 23 yoshli ushbu futbolchida ham katta iqtidor bor. Buni shundan ham bilib olish mumkinki, «Napoli»da ko‘rsatayotgan zo‘r o‘yini tufayli endi uni qo‘lga kiritish uchun «Barselona», «Real» va boshqa elit-ligalardagi grad klublar kurashni boshlab yuborganlar. Hali rasman tasdiqlanmagan va asosan muxlislar orasida yurgan mish-mishlarga qaraganda, yozgi transfer chog‘ida «Qirollik klubi» rahbariyati Ruis uchun 70 million evrodan voz kechishi mumkin. Eng asosiysi, ekspertlar va ishqibozlar Fabiandan supermaqomdagi futbolchi chiqishiga ishonadilar.

ruis

Markus Reshford

Angliya terma jamoasi va «MYu» klubining 22 yoshli hujumchisining yaqin yillar ichida «Oltin to‘p» uchun yaqqol kurasha olishiga hech kim shubhalanmayapti va buning uchun asoslar etarli. Chunki Reshford oxirgi yillarda katta o‘sishga erishib, barqaror darajada o‘ynay olishini isbotlab bo‘lgan. Baxtga qarshi joriy yil avvalida olingan og‘ir jarohat tufayli Markusda kutilmagan muammolar yuzaga keldi. Buni qarangki, uning safga qaytishi kutilayotgan mahalda koronavirus xavfi tufayli o‘yinlar to‘xtatildi.

reshford

Janluiji Donnarumma

Italiyalik yosh yigitning Lev Yashindan so‘ng «Oltin to‘p»ga ega chiqqan ikkinchi darvozabonga aylana olishi mumkinligiga ishonayotganlar ham yo‘q emas. Biroq buning ehtimoli unchalik yuqori emasligini ham qo‘shimcha qilish kerak.

donnarumma

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!