Mbappe va Xoland faqat "Real"da o‘ynaydi, "Barsa"da emas

  • 2 fevral, 2023, 17:58
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liga rahbari Xaver Tebasning fikricha, Kilian Mbappe va Erling Xoland faqat "Real"ga o‘tishi mumkin. Tebas PSJ va "Manchester Siti" hujumchilarining La Ligada paydo bo‘lishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

Tecno

"Umid qilamanki, ikkala futbolchi ham faoliyatini La Ligada yakunlaydi. Lekin bu ikki o‘yinchi faqat "Real"ga tushishi mumkin, chunki "Barselona"dagi iqtisodiy vaziyat bunday futbolchilarni qo‘lga kiritishga imkon bermaydi.

Men buni imkonsiz deb bilaman”, - dedi Tebas "El Chiringuito" telekanaliga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, "qirollik klubi" 2022 yiling yozida frantsiyalik hujumchini sotib olishga yaqin kelgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!