Mbappe va Xoland – bir jamoada!

  • 13 mart, 2023, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Transferlarga ixtisoslashgan Transfermarkt portali ekspertlari har bir pozitsiya bo‘yicha eng qimmat futbolchilardan iborat ramziy terma jamoa tuzib chiqdi.

Tecno

Agar amalda bu jamoani jamlay olish imkoni bo‘lsa, barcha sovrinlar ularga nasib qilgan bo‘lardi. Ramziy jamoaning umumiy qiymati 1,17 milliard evroni tashkil qildi.

Darvozadan 60 million evroga baholangan “Real” posboni Tibo Kurtua joy oldi.

Himoya chizig‘i Matteys de Ligt (“Bavariya”, 70 mln), Ruben Diash (“Manchester Siti”, 75 mln), Yoshko Gvardiol (“RB Leyptsig”, 60 mln) kabi o‘yinchilardan tarkib topdi.

Yarim himoyaga Pedri (“Barselona”, 100 mln), Jamol Musiala (“Bavariya”, 100 mln),  Jud Bellingem (“Borussiya Dortmund”, 110 mln), Fil Foden (“Manchester Siti”, 110 mln) joylandi.

Hujum uchligiga Vinisius Junior (“Real”, 120 mln), Kilian Mbappe (PSJ, 180 mln) va Erling Xoland (“Manchester Siti”, 170 mln) qo‘yildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!