Mbappe vaziyatni chigallashtirmaydi
PSJ va Kilian Mbappe o‘rtasidagi vaziyat juda ko‘p muhokama qilinmoqda. Bundan kelib chiqib, 24 yoshli hujumchining kelasi mavsumni qaerda boshlashi mavhum bo‘lib qoldi.
Marca nashrining yozishicha, Mbappe bu yoz Madridga yo‘l olishga tayyor. Biroq, PSJdan o‘zini qo‘yib yuborish, transferni tezlatishtirish kabi masalalarni talab qilib, vaziyatni chigallashtirmaydi.
“Real” aslida Mbappeni kelasi yili yozda erkin agent sifatida olmoqchi edi. Lekin Kilian PSJ rahbariyatiga shartnomani 2025 yilgacha uzaytirmasligini aytganidan keyin vaziyat o‘zgarib ketdi.
Parijliklar o‘yinchini bepul qo‘ldan chiqarmaslik uchun undan shartnomani uzaytirish yoki shu yoz klubni tark etishni talab qilyapti.

Fikrlar