
Mbappe yana “Real”ni aldadi
Kilian Mbappening “Real”ga o‘tishi yozgi transferlar davrida eng ko‘p muhokama qilingan mavzuga aylandi.
24 yoshli hujumchi madridliklar bilan kelishuvga erishib bo‘lgan, degan xabarga hatto PSJ rahbariyati ham ishonib qolib, o‘rtaga sovuqchilik tushdi.
Endi vaziyat oydinlasha boshladi. Le Parisien nashrining yozishicha, Mbappe “Real”ga ko‘chib o‘tish o‘rniga Parijda qolishni rejalashtirmoqda.
Parijliklar Mbappeni jamoada qolish uchun yozda katta transferlarni amalga oshirdi va bu ishni davom ettirmoqda.
Bundan tashqari, klub Kilianga yoqmaydigan yulduzlarni birma-bir sotib yubordi. Neymarning ketgani ham Kilianni poytaxtda qolishiga xizmat qilishi mumkin.
Ayni paytda tomonlar yangi shartnoma borasida muzokara olib bormoqda.
O‘tgan yili yozda “Real” rahbariyati Kilian Mbappeni Madridga ko‘chib o‘tishini kutgandi. Biroq, Mbappe so‘nggi pallada PSJda qolishga qaror qilgan. Bu gal ham “Qirollik” klubi zo‘r hujumchidan quruq qoladigan ko‘rinadi.
Fikrlar