Mbappe yangi jamoasiga bittagina talab qo‘ydi

  • 4 fevral, 2024, 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ga o‘tishga rozilik bergani aytilayotgan Kilian Mbappe “Qirollik klubi” oldiga birgina talab qo‘ydi.

Tecno

25 yoshli hujumchi kelasi yoz Parijda o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlarida Frantsiya terma jamoasi sharafini himoya qilmoqchi va madridliklardan o‘zini mana shu musobaqaga qo‘yib yuborishni kafolatlashni talab qilgan, deb xabar tarqatdi ESPN nashri.

Manbaning takidlashicha, aynan mana shu masala “Real” bilan o‘tkazilgan muzokaralarning eng muhim jihatlaridan biri bo‘lgan. Olimpiada FIFA musobaqalar taqvimiga kiritilmagan va unda qatnashmoqchi bo‘lgan futbolchilar birinchi navbatda o‘z klublaridan ruxsat olishlari talab etiladi.

Kilian madridliklar bilan munosabatlarini rasmiylashtirishdan oldin Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishiga hozirdan ruxsat olib qo‘ymoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!