Mbappe yoki Xoland? "Manchester Siti" qay bir hujumchini tanladi?

  • 9 mart, 2021, 18:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" rahbariyati mavsumlar oralig‘ida tarkibni kuchaytirish rejasi bo‘yicha bir qarorga keldi.

Tecno

The Athletic nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “shaharliklar” PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni sotib olish fikridan qaytgan va bor e’tiborini "Borussiya" Dortmund hujumchisi Erling Xolandga qaratgan. "Siti" frantsiyalik futbolchini sotib olish fikridan qaytishiga uning juda katta maosh talab qilayotgani sabab bo‘lgan.

Aytish lozimki, “Manchester Siti” Mbappe va Xolanddan birini sotib ololmagan taqdirda “Inter” hujumchisi Romelu Lukakuni zaxira varianti sifatida ko‘z ostiga olib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!