Mbappedan keyin PSJdan yana bir yulduz ketadi

  • 06.10.2021 13:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Kilian Mbappe parijliklarning barcha takliflarini rad etib, jamoadan ketishini ma’lum qilgan. Uning ortidan Mauro Ikardi ham PSJni tark etmoqchi.

Argentinalik hujumchi unga kam o‘yin amaliyoti berilayotganidan norozi bo‘lmoqda. Shu bois, Mauro mavsum yakunlanishi bilan Parijdan ketmoqchi.

28 yoshli hujumchining klub bilan kelishuvi 2024 yilning yozigacha amal qiladi. Uni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan klublar 40 million evro atrofida xarajat qilishi kerak.

Ayni paytga Mauro Ikardiga “Yuventus” va “Tottenxem” jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!