Mbappedan to‘liq voz kechamiz!

  • 20 sentabr, 2022, 07:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Zamonaviy futbolning eng zo‘r hujumchilaridan hisoblangan Kilian Mbappe bir necha mavsum davomida “Real” ishonida turdi.

Tecno

O‘tgan mavsum oxirida Madriddan bo‘lgan chorlovlarga qaramay, frantsiyalik to‘purar PSJ biloan hamkorlikni  davom ettirishga qaror qildi.

Endi “Real” rahbariyati Mbappe variantidan to‘liq voz kechadigan bo‘ldi, deb xabar tarqatmoqda Marca nashri.

Madridliklar agar Mbappe Erling Xoland singari o‘zini ko‘rsata olsa, unga bo‘lgan munosabatni o‘zgartiradi. Norvegiyalik hujumchi maydonda va undan tashqarida o‘zini tutishi bilan e’tiborni tortmoqda. Mbappening esa jamoadoshlari bilan muammosi bor va shaxsiy hayoti ham namunali darajada emas.

“Real” o‘tgan mavsum Xolandga qiziqish bildirgandi. Lekin Erling “Qirollik klubi”da asosiy to‘purar vazifasini Karim Benzema a’lo darajada uddalayotganini inobatga olib, Madridga ko‘chib o‘tishni istamagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!