Mbappedan zo‘r futbolchi bor!

  • 15 aprel, 2023, 17:37
  • 0
  • Futbol

“Real” jamoasining sobiq futbolchisi Guti madridliklar hujumchisi Vinisius Juniorni PSJ to‘purari Kilian Mbappe bilan solishtirdi.

Vinisus Junior Karlo Anchelotti qo‘l ostida “Real” hujumining etakchisiga aylandi. Xususan, Chempionlar ligasi chorak finali dastlabki uchrashuvida madridliklar braziliyalik futbolchining bir juft assisti evaziga 2:0 hisobida zafar quchdi.

Guti 22 yoshli futbolchi hozirning o‘zida jahon futboli yulduziga aylangan Kilian Mbappedan zo‘rligini ta’kidlamoqda.

Ayni paytda Vinisius Junior Kilian Mbappedan har tomonlama ustun,  deb o‘ylayman, - dedi Guti El Chiringuito nashriga.

Vinisius joriy mavsumda “Real” safida 45 ta uchrashuvda 21 ta gol urib, jamoadoshlariga 16 ta golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!