Mbappega ishonmaymiz!

  • 12 mart, 2023, 22:02
  • 0
  • Futbol

Keyingi paytda futbol olamida Kilian Mbappening “Real”ga o‘tish istagi borligi haqidagi xabarlar ko‘payib bormoqda.

“Real” klubi rahbariyati PSJ va Frantsiya terma jamoasi yulduziga ishonmasligini bildirdi. Bunga o‘ziga yarasha sabab bor.

O‘tgan yili “Qirollik klubi” frantsiyalik to‘purar bilan “Santyago Bernabeu”ga ko‘chib o‘tish masalasida kelishib qo‘ygandi. Mbappe so‘nggi pallada Parijda qolishga qaror qildi. Natijada “Real” yozda kerakli transferlarni amalga oshira olmay qoldi.

Marca nashri kelayotgan yozda madridliklarda Kilian Mbappe uchun katta mablag‘ sarflash rejasi yo‘qligini yozmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!