
Mbappega o‘rinbosar topildi
Frantsiya terma jamoasi va Frankfurtning “Ayntraxt” klubi hujumchisi Randal Kolo-Muani o‘z vataniga ko‘chib o‘tishi mumkin. "Le Parisien" nashrining yozishicha, futbolchining xizmatlariga PSJ jamoasi qiziqmoqda.
Parij grandi asosiy hujumchi Kilian Mbappening ketishi mumkinligi munosabati bilan yangi hujumchi qidirmoqda. 24 yoshli futbolchi PSJ bilan kelasi yilning o‘rtalarigacha amal qiladigan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortdi.
Kolo-Muani Germaniya chempionatida o‘tgan mavsumda 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol (2 tasi penaltidan) urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi .
Fikrlar