
Mbappega o‘xshashi topilmayapti
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe bugun bo‘lib o‘tgan “Nant”ga qarshi uchrashuvda dublni rasmiylashtirdi. Futbolchi o‘zining birinchi golini qarshi hujumdan kiritdi.
“Opta” nashri ma’lumotlariga ko‘ra, 2015 yilning dekabr oyida "Monako" safida Frantsiya chempionatida debyut qilganidan beri Mbappe qarshi hujumlarda 30 ta gol urgan. Bu ushbu davrdagi Evropaning top-5 ligasidagi barcha o‘yinchilar orasidagi eng yaxshi ko‘rsatkich. Ikkinchi o‘rindan “Real” hujumchisi Karim Benzema va “Lester” futbolchisi Jeymi Vardi joy olgan — ikkovida ham 15 ta.
Ma’lumot o‘rnida, bugun PSJ safarda “Nant”ga qarshi bahs olib bordi va yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Fikrlar