Mbappega yangi xaridor chiqdi
PSJ bilan yangi shartnoma imzolashni rad etganidan keyin Kilian Mbappening bozori hozirdan qaynay boshladi. Birinchi bo‘lib, frantsiyalik hujumchi “Real” o‘tishi haqida xabarlar tarqatildi.
Keyinroq, “Liverpul” varianti paydo bo‘ldi va Kilianning o‘zi ham Klopp targ‘ib qilayotgan o‘yin uslubi unga yoqishini ta’kidladi.
Endi “Real” va “Liverpul” qatoriga qimmat transferlarni yaxshi ko‘radigan “Chelsi” ham qo‘shildi. Roman Abramovich 21 yoshli to‘purarni qo‘lga kiritish uchun 180 million evro to‘lashga tayyor ekani aytilmoqda.
Yuqoridagi jamoalardan tashqari, Mbappe “Yuventus”, “Manchester Yunayted” va “Barselona”ning ro‘yxatidan ham joy olgan.

Fikrlar