
Muhammad Saloh o‘rnini Mbappega bo‘shatib beradi
“Liverpul” jamoasi kelasi yili yozda Kilian Mbappeni qo‘lga kiritadigan bo‘lsa, “qizillar”ning hozirgi to‘purari Muhammad Saloh frantsiyalik hujumchiga asosiy tarkibdagi o‘rnini bo‘shatib beradi.
Mbappe uchun kurashda “Liverpul” yana bir grandi – “Real”ni ortda qoldirmoqda. Chunki inglizlar yosh hujumchini qo‘lga kiritish uchun o‘zining titul homiyi – Nike kompaniyasi yordamidan foydalandi. Bu kompaniya Mbappega ham homiylik qilmoqda.
“Real” rahbariyati ham bu borada o‘z rejasiga ega. Agar madridliklar Mbappeni qo‘lga kirita olmasa, uning o‘rniga aynan Muhammad Salohni olib kelishni mo‘ljallayapti.
Misrlik hujumchi yaqinda bosh murabbiy Yurgen Klopp bilan tortishib qolganidan keyin jamoadan ketish istagini bildirgan.
Fikrlar